Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati F.Sidikov hamda Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbir davomida mahallalardagi hokim yordamchilari tavsiyasi asosida aholiga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli sarflanishi va amaldagi holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishning asosiy yo‘nalishlari:
Kredit mablag‘lari hisobiga olingan asbob-uskunalar va mahsulotlarning mavjudligi;
Yangi ish o‘rinlarining yaratilganligi;
Kredit qaytaruvchanligi borasidagi muammolarni aniqlash.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Maqsadimiz: Har bir ajratilgan imtiyozli mablag‘ tumanimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligi uchun xizmat qilishini ta’minlash.
Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook