Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga 4-Eskijuma saylov okrugidan saylangan deputat I. Urunov tomonidan saylov okrugidagi keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holatini o‘rganish ishlari tashkil etildi.
Mazkur o‘rganishlar “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№ O‘RQ-415, 2016-yil 26-dekabr) asosida, savolnoma shaklida hamda joylarga chiqib o‘rganish orqali amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodimlarning faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va mavjud muammolar tahlil qilindi.
Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook