Deputatga aholi tomonidan ko‘tarilgan zovur (kanal) bilan bog‘liq muammolarni hal etish maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida mas’ul idoralardan ijobiy xulosalar olindi.
Deputat tomonidan amalga oshirilgan so‘rov va aholi bilan o'tkazilgan uchrashuvlar doirasida zovur ustidan piyodalar va yengil transport vositalari uchun ko‘prik qurilishi rejalashtirildi. Mas’ul idoralar ko‘prikning qurilishi bo‘yicha muhim texnik va iqtisodiy asoslarni tayyorladilar va mavjud takliflarni ijobiy baholadilar.
E'tiborlisi, bu loyiha Bog‘izog‘on, Yangi hayot hamda O‘zbekiston mahallalari aholisini bir-biri bilan orasini yaqin qiladi. Aholining homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi esa, muammoni yechishdagi hamkorlikni yanada mustahkamladi. Mazkur loyihani belgilangan texnik shartlar asosida qurish bo‘yicha mas’ul shaxslar tomonidan kerakli ko‘rsatmalar berildi.
https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi