Sessiya davomida Toyloq tumani IIB boshlig‘i Eldor Raxmatovning 2026-yil I choragi yakunlari bo‘yicha hisoboti tinglandi. Unda hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan qator taklif va mulohazalar bildirildi. Xususan, Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga 25-Katta Toyloq saylov okrugidan saylangan deputat Aminova Matluba Muxammadiyevna jinoyatchilik muhokamalarida jinoyat sodir etgan fuqarolarning bevosita ishtirok etish mexanizmini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
Sessiyada doimiy komissiya raisi N. Djalilovna tomonidan IIB boshlig‘i E. Raxmatovning hisoboti yuzasidan doimiy komissiya xulosasi bildirdi.
🎤Jonli efir: 👉Batafsil: https://www.facebook.com/share/v/1EEZr3GsCy/
📲 Telegram | 💻Facebook