O‘rganishlar davomida ayniqsa “qizil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratildi. Hozirda “qizil” toifada turgan mahallani ushbu ro‘yxatdan chiqarish dolzarb vazifa sifatida belgilandi.
Mas’ul tashkilotlar, profilaktika xodimlari hamda mahalla faollari bilan hamkorlikni mustahkamlash, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibotni kengaytirish, ayniqsa yoshlar bandligini ta’minlash orqali jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
📲 Telegram | 💻Facebook