Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#96_qonun
янв.21
#deputat_so'rovi_ijrosi
янв.21
#deputat_so'rovi_ijrosi
янв.21
TOYLOQ TUMANIDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR AMALIY NATIJA BERMОQDA
янв.21
Baxshitepa mahallasidagi Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga 16-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputat V.Qurbonova tomonidan hududdagi savdo va tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.
янв.21
BAXSHTEPA MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“SOCHAKI BOLO” OILAVIY POLIKLINIKASIDA REKONSTRUKSIYA JARAYONLARI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA YARATILGAN ISH O‘RINLARI O‘RGANILDI
янв.21
Jamoatchilik nazorati – ochiq va hisobdor davlat boshqaruvining muhim omili
YO‘L TRANSPORT HODISALARI KO‘P SODIR BO‘LAYOTGAN JOYLARDA YTHLARNI KAMAYTIRISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR O‘RGANILDI.

 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining
15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna Parkent tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limida bo‘lib, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.O‘rganish davomida tuman hududidagi avtomobil yo‘llarida tirbandliklarning oldini olish, yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.Suhbat jarayonida Parkent tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i D.Halilov tomonidan yo‘l-transport hodisalari holati va profilaktik tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi. Ta’kidlanishicha, joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida tumanda 23 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan bo‘lib, ularda 20 nafar fuqaro tan jarohati olgan, 3 ta holat esa o‘lim bilan yakunlangan.Shuningdek, Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan 8 821 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Shundan 2 590 tasi qo‘pol qoidabuzarliklar, 44 tasi transport vositasini mast holda boshqarish bilan bog‘liq holatlar hamda 1 204 tasi piyodalar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklarni tashkil etgan. Hozirda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.O‘rganish yakunida deputat tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini yanada mustahkamlash, hodisalar sonini kamaytirish hamda fuqarolarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
  

Slide 1 of 3