Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 20-G‘alabotir saylov okrugidan saylangan deputati Nishonov Abdumalik Narziyevich tomonidan 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-sonli qaror ijrosini ta’minlash hamda hududlarni obod va zamonaviy maskanga aylantirish maqsadida Chorvoqtepa mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida hududda keng ko‘lamli bunyodkorlik hamda infratuzilmani rivojlantirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Mazkur jarayonlar bilan yaqindan tanishish maqsadida deputat, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda mahallada olib borilayotgan ishlarni atroflicha ko‘zdan kechirdi.
🌐 t.me/Toyloq_tuman_Kengashi