📌Toyloq tumani markazida joylashgan “Yoshlar sayilgohi”da hududni obodonlashtirish va attraksionlarni yangilash ishlari diqqat markazida. Tumanning Kengashi deputati Farxod Sidiqov sayilgohni ko‘zdan kechirib, uning bugungi holati bilan tanishdi.
📌Ko‘rik davomida ayrim attraksionlarning eskirganligi aniqlanib, ularni zamonaviylashtirish va xavfsizligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan deputat mutasaddilarga aniq tavsiyalar berdi va dolzarb masalalar yuzasidan takliflarni bildirildi.
📌Obodonlashtirish boshqarmasi vakillarining ma’lum qilishicha, attraksionlarni yangilash ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Xususan, ba’zi o‘yingohlar e-auksion orqali tadbirkorlarga topshirilgan bo‘lib, ular tomonidan zamonaviy va xavfsiz attraksionlar o‘rnatilmoqda.
📌Mutaxassislar ishlarni yakunlagach, “Yoshlar sayilgohi” aholiga yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy dam olish maskaniga aylanishini bildirgan. Shu tariqa, Toyloq tumani yoshlari va oilalari uchun dam olishning sifatli va qulay maskani yaratiladi
🌐 t.me/Toyloq_tuman_Kengashi