Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toyloq tumanidagi 1-sektor hududidagi mahallalarda ijtimoiy masalalar bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Navbatdagi uchrashuv: Zarafshon mahallasidagi 40-sonli bog‘chada
янв.21
3-Gulobod saylov okrugidan saylangan deputati Nilufer Akramova mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat V. Qurbonova saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi
янв.21
23-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputat Suyarov Farxod Sattarovich G‘ulba mahalla fuqarolarini qabul qildi
янв.21
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 20-sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi
янв.21
6-Ravod okrugida hashar yo‘li bilan piyodalar yo‘laklari barpo etildi
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Kotibiyatda fuqaro bilan ochiq muloqot
Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Toyloq tumani Tibbiyot birlashmasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tumandagi tibbiyot muassasalari rahbarlari, bo‘lim boshliqlari hamda faol mehnat vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati N. Baxriyev ochib berdi. Deputat o‘z so‘zida Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla tizimini takomillashtirishga qaratilgan muhim yo‘nalishlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri ishtirokchilarga Murojaatnoma mazmunini chuqur anglash va belgilangan vazifalarni amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha muhim tushunchalar berdi.

t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 5