Talli ota mahallasida yashovchi fuqaro Qurbonova Halima tomonidan Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashiga uy-joyini qonuniy e’tirof etish masalasi yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Mazkur murojaat tuman Kengashida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, fuqaroga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, masala bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlar ishtirokida zarur tavsiyalar taqdim etildi hamda murojaatni qonuniy hal etish tartiblari tushuntirildi.
Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini qonun doirasida ko‘rib chiqish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda.
t.me/Toyloq_tuman_Kengashi