Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Xolmurodova Oyshahar “Qirqyigit” mahallasidagi 12-maktab binosida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda deputat O.Xolmurodova faoliyati davomida qilingan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Muloqotlar davomida aksariyat murojaatlar bartaraf etilgan bo‘lsa, yechimi uzoq vaqt talab etadiganlari deputatlik nazoratiga olinib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladigan bo‘ldi.
Fuqaro Xoshimova Xilola “Ayollar daftariga” kirishni hamda farzandi nogironligi sababli nogironlik aravachasi olishda amaliy yordam berishni so‘radi
Fuqaro Xojemetova Dilafruz oilasini tiklash uchun yordam suradi.
Deputat O.Xolmurodova barcha tushgan murojaatlarni o‘rganib tegishli tashkilotlarga yetkazilishini va ijobiy yechim topilishini aytib o‘tdi.