Yangiliklar

Qiziltepa tumani "Uzilishkent" mahallasida sumalak sayli o‘tkazilmoqda.

Qiziltepa tumani "Uzilishkent" mahallasida sumalak sayli o‘tkazilmoqda.

🟩Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Qiziltepa tumanidagi "Uzilishkent" mahallasida bo‘lib, u yerda 70 dan ortiq maxsus texnikalar va aholi ishtirokidagi hashar jarayonlarida ishtirok etdi.

Saylda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi barcha tashkilot, korxona va muassalari birdek faol qatnashishdi.

🟩Mahallada ayni damda 10 qozonda sumalak qaynab, sumalak sayli avjida, doshqozonlarda osh damlanib, Navro`z ayyomi dasturxoni yozilgan. Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi, milliy hunarmandchilik va milliy taomlar ko`rgazmalari, milliy o`yinlar, dorbozlar chiqishlari saylga alohida kayfiyat bag`ishlagan. 

🟩Viloyat rahbari ushbu jarayonlarda tuman ahlini muborakbod etib, aholi bilan birgalikda ayyomni nishonlamoqda.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 19