Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Lola Mansurova tomonidan maktabgacha va maktab ta’limiga qarashli 90-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning hafta davomidagi darsdagi davomatlari tahlil qilindi.
Sababsiz darsga kelmay yurgan o‘quvchilarni maktabga qaytarish bo‘yicha ota-onalar bilan joylarda uchrashuvlar o‘tkazildi.
Farzandlari tarbiyasiga salbiy ko‘rsatuvchi, shuningdek, ular tarbiyasiga e’tiborsiz ota-onalar bilan alohida ish olib borish va tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar yig‘ilishini o‘tkazib, o‘z vakolati doirasida tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.