Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 Mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishildi
янв.21
⚽️ Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
🏫 Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
❄️ 14-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🏫 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
💻 Deputatdan maktab ma’muriyatiga amaliy yordam
янв.21
🌱 “Yashil makon” doirasida monitoring o‘tkazildi
янв.21
🍇 Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyiha o‘rganildi
янв.21
🗣Deputatlar o‘rtasida tajriba almashildi
Guliston mahallasida ko‘p qavatli uylar va boshqaruv kompaniyalari faoliyati va hududda kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 18-Guliston saylov okrugi deputati Kim Marina Melisovna tomonidan Guliston mahallasida ko‘p qavatli uylarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish holati, shuningdek, boshqaruv kompaniyalari faoliyatining samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanishdagi hududlari, xususan, erto‘lalarning sanitariya va texnik holati, tozaligi, yoritilishi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining sozligi hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, uy-joy fondini saqlash va obodonlashtirish bo‘yicha boshqaruv kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va samaradorligi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Mazkur o‘rganish ishlari hududda aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, ko‘p qavatli uylarning texnik holatini yaxshilash hamda boshqaruv kompaniyalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan

Slide 1 of 4