Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 Mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishildi
янв.21
⚽️ Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
🏫 Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
❄️ 14-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🏫 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
💻 Deputatdan maktab ma’muriyatiga amaliy yordam
янв.21
🌱 “Yashil makon” doirasida monitoring o‘tkazildi
янв.21
🍇 Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyiha o‘rganildi
янв.21
🗣 Qushchilik mahallasida tajriba almashildi
🏗 “Shamchiroq” MFYda kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi

 “Shamchiroq” MFYda kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Shamchiroq” MFY raisi bilan birgalikda “Shamchiroq” MFY 12-Ashxabat saylov okrugi hududida amalga oshirilayotgan kanalizatsiya tarmoqlarini qurish ishlari bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.

🔎 O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, loyiha talablariga rioya etilishi va obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari mutaxassislar bilan muhokama qilindi.

🛣 Shuningdek, asfalt qoplamalarini ehtiyotkorlik bilan kesib olish, qazish ishlari yakunlangach buzilgan yo‘l va piyodalar yo‘laklarini sifatli tiklash, qazish jarayonida hosil bo‘lgan qum va tuproqni hududda qoldirmasdan o‘z vaqtida olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌱 Chang-to‘zon ko‘tarilishining oldini olish, qazilgan hududlarni belgilangan me’yorlar asosida tiklash hamda obodonlashtirish ishlarini qurilish jarayoni bilan uyg‘un holda olib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Asosiy e’tibor — qurilish ishlarini sifatli tashkil etish va aholi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni imkon qadar kamaytirishga qaratildi.

Slide 1 of 3