Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 Mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishildi
янв.21
⚽️ Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
🏫 Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
❄️ 14-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🏫 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
💻 Deputatdan maktab ma’muriyatiga amaliy yordam
янв.21
🌱 “Yashil makon” doirasida monitoring o‘tkazildi
янв.21
🍇 Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyiha o‘rganildi
янв.21
🗣 Qushchilik mahallasida tajriba almashildi
🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich bilan birgalikda o‘zi saylangan “Shamchiroq” MFY 11-Aqsungul saylov okrugi hududida joylashgan 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.

🔎 O‘rganish davomida muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, qozonxonalarning texnik ahvoli hamda ko‘mir zaxirasi bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

📌 O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — sovuq kunlarda tarbiyalanuvchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash, isitish tizimining mavsumga tayyorligini baholash va mavjud masalalarga o‘z vaqtida e’tibor qaratish.

Deputatlar tomonidan ta’lim tashkilotida mavsumni betalafot o‘tkazish hamda isitish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3