Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubayeva Bazargul Maxammatdinovna tuman Tibbiyot birlashmasida bepul beriladigan dori-darmonlarning saqlanish sharoiti hamda ularning yetarlilik darajasini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi.
🩺 O‘rganish davomida dori vositalarining belgilangan tartibda saqlanishi, zarur zaxiralarning mavjudligi va fuqarolarni bepul dori-darmonlar bilan uzluksiz ta’minlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Yakunda mas’ullar bilan mavjud holat yuzasidan fikr almashilib, aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilash hamda bepul dori vositalari ta’minotini doimiy nazoratda ushlab borish bo‘yicha kelishib olindi.