Yangiliklar

DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI. MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Qizilsoy” MFYda mahalla raisi faoliyati hamda “Mahalla yettiligi”ning ish samaradorligi o‘rganildi.O‘rganish davomida deputat mahalla raisi M.Aloviddinov bilan suhbat o‘tkazib, PF–209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi, jumladan, mahalla obodligini ta’minlash, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”
va “Obod xonadon” mezonlarini amaliyotga joriy etish, aholining faolligi va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish hamda targ‘ibot ishlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.O‘rganish yakunida mahalla raisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda mahalladagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 3