Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYA XULOSASI ESHITILDI

Sessiya davomida shaharda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar, ekologik nazorat tadbirlarini kuchaytirish, noqonuniy daraxt kesilishining oldini olish hamda sanitariya-ekologik holatni yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Doimiy komissiya tomonidan hisobot qoniqarli deb topilib, taqdim etilgan qaror loyihasida belgilangan vazifalar va chora-tadbirlar ma’qullandi hamda uni tasdiqlash maqsadga muvofiq deb topildi.