Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👥 Yig‘ilishga doimiy komissiya a’zolari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
📌 Yig‘ilishda Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Sh.Jumamuratovning “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish masalasi yuzasidan hisoboti tinglandi.

💬 Muhokamalar davomida mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan takliflar deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.

✅ Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 3