Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari N.Tajibayev va J.Urazbayev tomonidan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yangi tashkil etilgan “Kunduzgi parvarish xizmati” faoliyati o‘rganildi.
👥 O‘rganish davomida markazda hozirgi kunda 11–16 yoshdagi 8 nafar bola parvarishlanayotgani qayd etildi.
🔍 Shuningdek:
🔹 bolalarning ijtimoiylashuvi uchun yaratilgan sharoitlar;
🔹 parvarish xizmatlarining tashkil etilishi holati ko‘zdan kechirildi.
🤝 Mutaxassislar bilan muloqot davomida mavjud kamchiliklar yuzasidan fikr almashilib, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.