Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich tomonidan yoshlar sportini rivojlantirish va sport sohasidagi islohotlar ijrosini o‘rganish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
👥 U Yoshlar maslahat guruhi a’zolari T.Daryabaev va N.Tajibaevlar bilan birgalikda Taxiatosh sport maktabida bo‘lib:
🔹 Sport zallarining holati
🔹 Yakka kurash to‘garaklari uchun yaratilgan sharoitlar
🔹 Sport anjomlari va jihozlarining mavjudligi hamda holatini o‘rgandi.
🥇 Shuningdek, yakka kurash sport turlari bilan shug‘ullanib, yuqori natijalarga erishayotgan yosh sportchilarning yutuqlari bilan yaqindan tanishildi.
🤝 Trenerlar bilan o‘tkazilgan muloqotda:
🔹 mavjud muammolar
🔹 sport infratuzilmasini yanada yaxshilash
🔹 yoshlar uchun shart-sharoitlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
📌 O‘rganish davomida bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
⚡️ Bu kabi amaliy o‘rganishlar — mamlakatimizda sportni rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish hamda Prezident qarorlari ijrosini joylarda ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.