“Rabotak” mahallasida ko‘p qavatli uylar qurilishi jarayonlari o‘rganildi
🟢 Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda Kengash bosh mutaxassisi J.Donayev tuman hokimiyati mas’ul xodimi bilan birgalikda “Rabotak” mahallasida olib borilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilishi jarayonlarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida qurilish ishlari sifati, obyektlarda yaratilayotgan sharoitlar hamda belgilangan muddatlarda ishlarni yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yangi barpo etilayotgan uy-joylar aholini zamonaviy va qulay yashash sharoitlari bilan ta’minlash, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda mahalla qiyofasini yanada obod etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Yakunda mutasaddilar tomonidan qurilish ishlarini sifatli tashkil etish hamda belgilangan rejalar asosida davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#J_Xudoyqulova #J_Donayev