Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich hamda Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Taxiatosh tumani apparati rahbari A.Aytmuratov Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati bilan tanishdi.
🏢 Tashrif davomida:
▪️ xizmat ko‘rsatish jarayonlari
▪️ fuqarolarga yaratilgan sharoitlar
▪️ navbat tizimi va tezkorlik atroflicha o‘rganildi.
🗣 Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
📌 O‘rganishlar davomida FHDYo organlarida ham xizmat ko‘rsatish holati ko‘rib chiqildi.
👥 Xususan:
▪️ xizmatlar sifati
▪️ murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi
▪️ aholi uchun yaratilgan imkoniyatlar tahlil qilinib, xodimlar va fuqarolar bilan suhbatlashildi.
📊 Olingan ma’lumotlar asosida xizmatlar samaradorligini yanada oshirish, aholiga qulayliklarni kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Aholiga sifatli va tezkor davlat xizmatlari ko‘rsatish — ustuvor vazifalardan biri!