Yangiliklar

Taxiatoshda yo‘l infratuzilmasi yanada yaxshilanmoqda

Taxiatosh tumani hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega D154 “A380 G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu – Taxiatosh shahri” avtomobil yo‘lining 775-kilometr qismida tumanga kiruvchi tarmoq yo‘liga asfalt qoplamasi yotqizish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

🚧 Qurilish jarayoni bilan Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich tanishib chiqib, deputatlik nazoratini o‘rnatdilar.

🛠 Qurilish ishlariga:

▪️ 10 dan ortiq maxsus texnika

▪️ 15 nafardan ziyod ishchi kuch jalb etilgan

📊 Barcha ishlar belgilangan reja asosida tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

📍 Yo‘llarning ta’mirlanishi:

▪️ transport harakatini yengillashtiradi

▪️ aholiga qulaylik yaratadi

▪️ hududning iqtisodiy faolligini oshiradi

🤝 Hudud infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda!

Slide 1 of 5