Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv seminarda Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi FO‘O‘BO xodimlarini malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi rahbari Z.Shomurodova, Xalq deputatlari tumani Kengashi raisi U.Bobojonov, tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i M.Ro‘ziyev, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i E.Fayzullayev hamda mahalla raislari ishtirok etdi.

Seminar davomida Farmon mazmun-mohiyati, uning ijrosini ta’minlashda mahalliy hokimliklar, davlat organlari hamda mahalla tizimining vazifalari atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, amaliy ijro samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va huquqiy tartibotlarni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 6