🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat, OʻzXDP tuman Kengashi raisi, partiya guruhi rahbari Artikov Davron Omarbayevich tomonidan Taxiatosh tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
📊 Tadbir davomida:
👉 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Mahallalarni rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturining
mazmun-mohiyati keng tushuntirildi
👉 uning asosiy yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi
💬 Tadbir yakunida:
▪️ xodimlarning savollariga atroflicha javob berildi
▪️ taklif va mulohazalar tinglandi
⚖️ Muhimi:
Bunday uchrashuvlar orqali davlat dasturlarining mazmuni joylarda keng targ‘ib qilinib, amaliy natijalarga erishish maqsad qilinmoqda.