Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sherzat Niyazimbetov bilan birgalikda “Yangi makon” OFYda ishsiz yoshlar bilan uchrashdi.
💬 Uchrashuv davomida:
▪️ Ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot qilindi
▪️ Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yengillashtirilgan kredit olish tartibi tushuntirildi
▪️ Tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha tavsiyalar berildi
🤝 Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbaini yaratishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.