Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Hududlarni obodonlashtirish — e’tibor markazida

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna tomonidan hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishida amaliy ishlar olib borilmoqda.

🤝 Deputat O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxiatosh tumani Kengashi raisi T.Kungratbaev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov bilan birgalikda tumandagi parklar, xiyobonlar va bog‘larning hozirgi holatini o‘rgandi.

🌱 O‘rganish jarayonida:

▪️ Mavjud yashil hududlarning holati ko‘zdan kechirildi

▪️ Yangidan tashkil etilayotgan bog‘lardagi ko‘chat ekish ishlari bilan tanishildi

▪️ Obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi

📌 O‘rganish yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ullar bilan tegishli choralar belgilab olindi.

✅ Atrof-muhitni asrash va hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish borasidagi bu kabi ishlar aholiga qulay va sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6