Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash_faoliyati

Bandixon tumani: Maktab rekonstruksiyasi deputat e’tiborida.

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarorini ta’minlash maqsadidagi Bandixon tumani "Quduqsoy" MFYda joylashgan 33-sonli maktabni rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihani bajarilishini oʻrganish maqsadida tuman Kengashi deputati G.Xolmatova Kengash kotibiyat xodimi E.Eshonqulov tashrif buyurdi.

✅"Asosiy maqsadimiz — qog‘ozdagi raqamlarni emas, amaldagi sifatni ta’minlash. Maktab nafaqat chiroyli, balki o‘quvchilar uchun xavfsiz va barcha standartlarga javob beradigan bo‘lishi shart", — deydi deputat.

✅O‘rganish davomida aniqlangan qo‘shimcha loyihalash ishlari va qurilish sur’ati yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish belgilab olindi. Bu kabi nazorat tadbirlari tumanimizning har bir mahallasida tizimli ravishda davom etadi.

🏗 Hozirda ob’ektda loyiha asosida ishlar davom etmoqda. Deputat tomonidan ish sifatini nazorat qilish va qurilishni tizimli tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

✅Mazkur ob’ektdagi ishlar sifati va yakunlanishi deputatlik nazoratiga olindi. Maqsad — farzandlarimiz uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish!

Slide 1 of 1