#Deputat_faoliyati
Payariq tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalar monitoring qilindi
Payariq tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida Bunyodkor mahallasida joylashgan “Ush Sabina” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binosining qurilish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Tolliboyev, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Shakarov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov ishtirok etdi.
Monitoring jarayonida qurilish ishlarining borishi, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi joyida ko‘zdan kechirildi.
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576423646308)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)