Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

N.Allabergenova saylovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

N.Allabergenova saylovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

🖇 Yakkasaroy tumanida aholi murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga tezkor va samarali yechim topish ustuvor vazifa sifatida davom etmoqda.

👉 Bugun Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 7-Qushbegi saylov okrugi deputati Allabergenova Nilufar Anvarovna “Qushbegi” mahallasida bo‘lib, o‘z saylovchilari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi. 

🤝 Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan uy-joy, infratuzilma, obodonlashtirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalar atroflicha tinglandi.

Shuningdek, hokim yordamchilari faoliyati, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari, ichki ko‘cha yo‘llari holati, uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

🖇 Sayyor qabulda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari N.Shamsiyev, tuman hokimligining qurilish bo‘limi boshlig‘i A.Sattorov, mahalla faollari hamda “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etib, har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

💢 Eng muhimi, har bir murojaat ortida inson taqdiri turgani chuqur anglanib, masalalarni kechiktirmasdan, amaliy hal etish tamoyili ustuvor etib belgilandi. Barcha murojaatlar ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

👉 Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan muloqotni mustahkamlash, muammolarni joyida hal etish hamda fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1