Olmaliq shahrida sportning Taekwon-do ITF turi bo‘yicha navbatdagi shahar kubogi musobaqasi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqa nafaqat g‘oliblarni aniqlash, balki yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularni yangi zafarlarga ruhlantirish maqsadida tashkil etildi.
Taqdirlash marosimida:
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Daniyar Karimov ishtirok etib, yosh chempionlarga medal va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
"Sizlarning bugungi g‘alabangiz — katta yo‘lning boshlanishi. Kelgusida nafaqat Respublika, balki Jahon kuboklarida ham yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, chempion bo‘lishingizga ishonamiz,"— dedi D. Karimov o‘z nutqida.