Uchrashuv yakunida deputatlar tomonidan mahalla “yettiligi” vakillari bilan alohida suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida mahallada 2026-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilinib, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan ham batafsil muhokamalar olib borildi.
Yig‘ilish yakunida mahalla raisiga amalga oshirilgan ishlar hamda belgilangan rejalar yuzasidan batafsil ma’lumotlarni yozma ravishda tuman Kengashi kotibiyatiga taqdim etish lozimligi ma’lum qilindi.