Yangiliklar

Viloyat Kengashi deputati Qiziltepada

Viloyat Kengashi deputati Qiziltepada

 Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputatlarining o‘zlari saylangan hududlarda eng muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borish reja-grafigiga muvofiq, Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi raisi B.Tashev Qiziltepa tumani kotibiyat mudiri U.Bobojonov bilan hamkorlikda tumandagi “Oqsoch” va “Yashnobod” mahallalarida o‘rganishlar olib bordi.

O‘rganishlar davomida mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilarining aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rganildi.

Shuningdek, mahallalarda aholining murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish, fuqarolarni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 8