Bandixon tuman hokimining deputat sifatida navbatdagi uchrashuvi “Paxtakor” mahallasida bo‘lib o‘tdi
✅Bandixon tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashining 9-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati Abdumalik Allamuradov tomonidan “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
✅Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etildi. Hisobotda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, infratuzilmani yaxshilash hamda mahallalarda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
✅Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, aholi uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, sohaviy yo‘nalishlarda o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishlarining ahamiyati hamda davlat rahbarining xorijiy davlatlarga amalga oshirayotgan tashriflarining maqsad va natijalari haqida ham tushuntirishlar berildi.
✅Uchrashuvda mahallada yaratilayotgan shart-sharoitlar, ichki yo‘llarni ta’mirlash, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
✅Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan hamda oilasida nogironi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordam, “Ijtimoiy reestr”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborot berildi.
✅Yig‘ilish davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflar tinglanib, ularning savollariga mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan batafsil javoblar berildi. Bildirilgan murojaatlar asosida mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.