#Deputat_faoliyati
“Yoshlar bandligini ta’minlash – hudud rivoji va kelajak poydevori”
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Turdiyev Zoyir Axmatkulovich tomonidan Xo‘ja Ismoil mahallasida ishsiz yoshlarga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Xususan, ularni ish bilan ta’minlash, kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va ko‘maklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)