Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Samatov Sarikul mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda Nurobod tumani Sarikul mahallasida joylashgan 17-umumtaʼlim maktabi tepalikda joylashganligi sababli ushbu maktabda taʼlim olayotgan o‘quvchilar qor va yomg‘irli kunlarda maktab oldidagi tepalikga chiqishda qiyinchiliklar tug‘dirayotganligi bo‘yicha o‘quvchilarning ota-onalari tomonidan murojaatlar qilgan.
Deputati S.Samatov ushbu murojaatni hal etish maqsadida tashabbus bilan chiqib, ushbu mahallada yashovchi aholi bilan hamkorlikda amaliy yechimi topildi.
Sarikul mahallasida joylashgan 17-umumtaʼlim maktabida o‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida tepalikka chiqish uchun zinapoyalar qurib bitkazildi.