Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT BILAN UCHRASHUV

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati A.Matniyazov Yangi makon mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan atroflicha hisobot berildi. Jumladan, mahalladagi ijtimoiy masalalarni hal etish, infratuzilmani yaxshilash, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish borasida olib borilgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etildi.

Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar va ustuvor vazifalar haqida fikr almashildi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi.

Slide 1 of 3