Yangiliklar

Sug‘orish tizimi holati o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq deputat S.Ramatjonov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi raisi E.Sarimsoqov tomonlaridan tegishli mas’ullar ishtirokida tuman markazi – G‘azalkent shahrida joylashgan aholi tomorqasini sug‘orish tizimi holati o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida kanalni chiqindilardan tozalash, qirg‘oqlarini mustahkamlash va suv yo‘qotilishini oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2