O‘rganish jarayonida bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish me’yorlariga rioya etilishi, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, deputatlar mas’ul tashkilotlar va ishchi-mutaxassislar bilan suhbatlashib, oqova suv tarmog‘ini sifatli va samarali tarzda foydalanishga topshirish bo‘yicha zarur tavsiya va takliflarni bildirdi.
Mazkur ishlar aholi turmush sharoitini yaxshilash, sanitariya-gigiyena holatini barqarorlashtirish hamda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.