Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati A. Adilbekov "Eshonobod" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining ish faoliyatini o‘rgandi
O'rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholining bandligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda mavjud muammolar yechimi yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi. Shuningdek, bugungi kunda olib borilayotgan ro‘yxatga olish jarayoni doirasida aholi va qishloq xo‘jaligi faoliyatiga oid muhim ma’lumotlarning shakllantirilishi, ularning aniqligi va to‘liqligiga e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan ro‘yxatga olish jarayonining ahamiyati, uning hududni rivojlantirishda tutgan o‘rni yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.