Navbatdagi uchrashuv “Xo'ja” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent viloyati deputati F.Ibragimova, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri A.Baxramov, tuman deputati S.Axmedova shuningdek, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va murojaatlarini bildirdi. Uchrashuv davomida Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar va islohotlarning amaliy ahamiyati keng tushuntirildi.