Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o'rganmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish borasidagi faoliyatini yoritish
bo‘yicha 2025-yil oktabr-noyabr oylariga mo‘ljallangan media reja asosida Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi deputatlari tomonidan
tumanidagi 1-2 va 3-sonli ko‘p tarmoqli texnikumlarning markazlashtirilgan issiqlik ta’minotiga ulanganlik va nosoz ichki
tizimlarini tiklash holati ko'zdan kechirildi.
Bunda isitish pechlarining mavsumga tayyor holatga keltirilganligi, jamg'arilgan ko'mir hamda muqobil elektr energiya bilan ta'minlovchi uskunalar
holati o'rganildi.
Muassasada ayrim kamchiliklar aniqlanib, mas'ullarga bartaraf etish bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi.