🔴Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
✅ Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Turdiyev Alisher G’ulom o'g’li hamda Nurafshon shahar deputati Xakimov Kamron Sarvarbek o'g'li bilan birgalikda Nurafshon shahridagi 13-maktabda bo‘lib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishishdi.
❗️ O‘rganish davomida deputat maktab binosining isitish tizimi, deraza va eshiklarning muhrlanishi, sinf xonalari hamda o‘quvchilarning xavfsizligi uchun zarur sharoitlar bilan tanishdi. Shu bilan birga, o‘quv jarayonini qulay muhitda o‘tkazish maqsadida amalga oshirilgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari ham ko‘zdan kechirildi.
❗️Dastlabki tahlillar asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi. Deputat Alisher Turdiyev ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish bo‘yicha ishlar doimiy nazoratda bo‘lishini ta’kidladi.
https://t.me/TV_Kengash