Global adolat sari
Davlatimiz rahbari o‘z nutqida xotin-qizlar masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorlik va boshqa sohalarda ularning salohiyatini to‘la namoyon etishiga qaratilgan siyosat yuritilayotganini ta’kidladi.
Darhaqiqat, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va roli yil sayin mustahkamlanib bormoqda. Ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bilim-salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoitlar yaratilyapti. Ular ta’lim, tibbiyot, ilm-fan, madaniyat, davlat boshqaruvi va xususiy sektor kabi turli yo‘nalishlarda taraqqiyotga munosib hissa qo‘shmoqda.
Xalq deputatlari Jarqo'rg'on tumani Kengashi deputati M.Ashiraliyeva