Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
янв.21
Депутат аҳоли мурожаатларини ўрганмоқда
янв.21
МАҲАЛЛА ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
Депутат ва сектор ҳамкорлиги аҳоли фаровонлигини яхшилашга хизмат қилмоқда
Zafar

“Uch avlod uchrashuvi”

“Nuroniy” jamg’armasining tuman bo’limi va Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati tomonidan yoshlarni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur bilish ruhida tarbiyalash maqsadida nuroniylar va yoshlar ishtirokida “Gulshanbog’” qishlog’ida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

 

Uchrashuvda mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani alohida ta’kidlandi.

 

Yoshi ulug‘ faxriylar hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.

Slide 1 of 1