Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
янв.21
Депутат аҳоли мурожаатларини ўрганмоқда
янв.21
МАҲАЛЛА ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
Депутат ва сектор ҳамкорлиги аҳоли фаровонлигини яхшилашга хизмат қилмоқда
Hamkorlik va nazorat

Barchamizga ma’lumki aholini rozi qilish, ularni o‘ylantirib kelayotgan muammoli masalalarni o‘rganish va bartaraf etish borasida mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan ham qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Navbatdagi o‘rganish tadbiri xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati F.Sa’dullayeva hamda shahar Kengashi deputati P.Ro‘ziboyevlar hamkorligi asosida Urganch shahar Navro‘z mahallasi hududida o‘tkazilib, ushbu jarayonda mazkur hududda istiqomat qilayotgan fuqaro D.Sobirovning murojaati o‘rganish ob’ekti qilib tanlandi. 

Unga ko‘ra fuqaroning xaqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan quyidagi masalalar aniqlandi. 

-hududdagi obodonlashtirish ishlarining tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli maishiy chiqindilar va daraxt hamda butalarga shakl berilmaganligi. 

-“open budjet” dasturi asosida yutib olingan Navro‘z mahallasi 4-yo‘lak ko‘chasi ta’mirlanmasdan qolganligi kabi muammoli masalalar borligi yuzasidan o‘z e’tirozlarini yo‘lladi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mazkur hudud aholisini o‘ylantirayotgan masala yuzasidan shahar
obodonlashtirish bo‘limi hamda shahar moliya bo‘limi bilan hamkorlik qilinib, bugungi kunda hududni tozalash ishlari boshlandi. Nazarda tutilayotgan ichki yo‘lni ta’mirlash borasida mablag‘ ajratish ishlari yakunlanganidan keyin ta’mirlab berilishi tushuntirildi. 

Slide 1 of 1