Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
янв.21
Депутат аҳоли мурожаатларини ўрганмоқда
янв.21
МАҲАЛЛА ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
Депутат ва сектор ҳамкорлиги аҳоли фаровонлигини яхшилашга хизмат қилмоқда
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xususan, bugun Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat va tuman Kengashi kotibiyati hamda viloyat, tuman deputatlari tomonidan, Boyovut tumanida olib borilayotgan oqova suv (kanalizatsiya) ish jarayonlarining hozirgi holati o‘rganildi. 

Boyovut tumani markazida umumiy uzunligi 58 kilometrdan ziyod kanalizatsiya tarmog'ini qurish ishlari boshlangan bo‘lib, qurilish ishlari 2024-2026 yillarda amalga oshirilishi belgilangan mazkur yirik loyiha Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur obyektni qurish ishlari ayni kunlarda pudratchi tashkilot - "GMG Realway" mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan davom ettirilmoqda. Ayni kunlarda loyiha doirasida xandaq qazish, temir-beton halqalar o‘rnatish hamda polietilen quvurlar yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. 

O‘rganishlar davomida, "Ma'naviyat", "Ijodkor", "Farhod" hamda "Navro‘z" mahallalarida ishlar to‘xtab qolganligi, ish jarayonlari mutlaqo sifatsizligi, hududda xavfsizlik choralari ko‘rilmaganligi aniqlandi. Shu o‘rinda Pudratchi tashkilot, tegishli mas'ullar viloyat, tuman Kengashidan tuzilgan ishchi guruh bilan muloqotda ushbu muammolarni tez kunlarda bartaraf etish choralari ko‘rilishini ma'lum qildi.

Slide 1 of 10