Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
янв.21
Депутат аҳоли мурожаатларини ўрганмоқда
янв.21
МАҲАЛЛА ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
Депутат ва сектор ҳамкорлиги аҳоли фаровонлигини яхшилашга хизмат қилмоқда
Konimex tuman kasb-hunar maktabida "Bilimlar kuni"

 Biz ustoz zotini azaldan otaday ulug‘ deb biladigan, hamisha boshiga ko‘tarib e’zozlaydigan ma’rifatparvar xalq farzandlarimiz. Har bir inson hayotda qanday yutuqqa erishgan bo‘lsa, ularda qadrdon o‘qituvchi va ustozlarining beqiyos hissasi borligini umrbod minnatdorlik bilan eslaydi. Bizning maqsadimiz – Yangi O‘zbekistonning maktab bitiruvchisi zamonaviy ko‘nikmalarni egallagan, axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, dunyoqarashi keng shaxs bo‘lib shakllanishi zarur. Bu ezgu maqsadga erishish uchun maktablarning o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi, darsliklar mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni albatta mantiqiy yakuniga
yetkazamiz.
Siz, aziz ustoz va murabbiylar bugun mana shunday o‘ta mas’uliyatli jabhada tom ma’noda tarixiy missiyani ado etmoqdasiz. Chunki, Vatan va xalq manfaati uchun mardona kurashadigan, o‘zining qat’iy hayotiy pozitsiyasiga ega, hech kimdan kam bo‘lmagan yoshlarni tarbiyalash — haqiqatan ham g‘oyat ezgu va ulug‘ vazifadir. Barchangizga shu sharafli yo‘lda olib borayotgan olijanob faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman. 

Slide 1 of 1